Главная » On-line консультация

On-line консультация

14:34
26.03.2015
madaminbek
Assalomu alaykum.OD sph -1,0 d,cyl -1,5 d ax 80. OS sph -1,5 d, cyl -1,0 d. Ax 9 0. Dpp 60mm. Bu nima degani. Diagnozga miopiyani engil darajasi deb yozilgan.hozir rossiyadaman.kuzoynakni sindirib quyganman.agar taqmasam ziyoni bulmaydimi?
Ответ:
Яхшиси операция қилдирганингиз маъқул ёки янги кўзойнак сотиб олинг.
10:36
26.03.2015
Utkirbek
Mening yoshim28da
chap ko'zim 0,5 o'ng ko'zim 0,75 astigmatism ekan tez toliqish,miya qisib og'rishi shundanmi operatsiya bilan davolasa boladimi keyin umrni oxirgacha yaxshi koradimi.
Ответ:
Ха, бўлади. Охиригача яхши кўриб юрасиз.
10:56
23.03.2015
maqsat
Salom manda tug'ma yuqori darajada miyapiya bor edi.Xozird xozirda ko'z maklodistrofiyasi paydo bo'lgan deyishdi o'ng ko'zimda. bu nimadan bo'lgan va bu ikkala kasallikni ham davolasa bo'ladimi. Javob uchun oldindan raxmat!!!
Ответ:
Юқори даражали миопияда кўз турпардаси юпқалашиб кетади ва бунинг оқибатида дистрофик ўчоқлар ҳосил бўлади. Мутлақ давоси йўқ, фақатгина ривожланишини олдини олиб туриш мумкин.
21:25
21.03.2015
Lola
Assalom alaykum Doktor sizga savolim! Yoshim 28 da kichkinaligimda kozim yahshi korardi. Farzandlarim tugilgandan keyin kozim hira koradigan bolib qoldi tekshirtirsam astigmatizim deb aytishti hozir koz oynak taqib yuraman negadur ong kozim hiralashib boryapti har tekshirtirganimda kotarilgan boladi astikmatizimni davosi bormi? Javob uchun oldindan rahmat!
Ответ:
Давоси йўқ. Фақат операция қилдиришингиз мумкин.
07:18
20.03.2015
Sarvinoz
Lazer operatsiyasidan keyin nechchi yildan so'ng farzandli bo'lish mumkin va u farzandimning ko'ziga ta'siri yo'qmi ya'ni operatsiyadan so'ng ko'z nuri parsligi farzandimga o'tmaydimi?
Ответ:
6 ойдан кейин. Фарзандигизга ўтиши мумкин.
19:30
18.03.2015
oxunjon
Salom doktor Ostigmatizmni davvolash m.nmi yoshim 19da narxi qancha
Ответ:
Фақат лазерди операция қилдиришингиз мумкин. Икки кўз учун 3.500.000 сўмни ташкил қилади.
17:51
18.03.2015
sardor
Assalomu alekum sizlarga savolim bor. mani kozim -2,5 edi 2012 yil kozimni lazerni ooerasiya qilishgan operatsiyadan keyin kozim 100foizga tiklandi. hozirgi vaqtda esa 60 foizga tushib ketti buni sababi nima bolishi mumkun. yana 100foizga tiklash mumkunmi
Ответ:
Сабаби кўзингизда миопия даражаси ошган бўлиши мумкин (кўзингизни усиши давом этгани учун).
16:49
18.03.2015
SHohida
Assalomu aleykum doktor. Zreniyam ikkala ko'zimiki -3.5. Anchadan beri ochki taqaman. Singlimniki ham zreniyasi past. Menimcha bizga bobomdan o'tkan. CHunki, ko'ziga narsa tegib, davosi topilmay, ko'rolmay qolgan ekan. O'zimizda doktorlar lazerli operatsiyadan keyin 100% ko'ra olasiz deyabdi. Fikriz qanday. OLDINDAN RAXMAT.
Ответ:
Ха, албатта, лазерли операция қилдирсангиз бўлади.
15:49
18.03.2015
said
Salom !
Ko'zimdan shikoyatim bor, chap ko'zim o'ngiga qaraganda zreniyasi pastroq va shuningdek chap ko'zimda yonga ketib qoladi ko'p davolandim lekin foydasi bo'lmadi .
Shunga maslahat bering kutaman javob uchun oldindan raxmat .
Ответ:
Клиникамизга келиб текширувлардан ўтишингизни тавсия берамиз.
11:03
17.03.2015
Shaxnoza
Yoshim 18 da lazerli korreksiya qiliw mumkinmi
Ответ:
Мумкин.
Имя *
E-mail *
Ваш отзыв *


Внимание! Отправленное сообщение появится только после проверки администратором сайта!